1 926 000 UZS
2 140 000 UZS
savings 214 000 UZS
Muddatli to`lov - 535 000 UZS x4 oy
Yo'riqnomaQulupnay uchun | Hajmi uchun mo'ljallangan330 litr tuproq | Netto og'riligi10 kg |
Code IKPU03105003001000000 | Package Code1462583 |
QULUPUNAY UCHUN ZION ionitlik ozuqaviy substrat qulupnay va yer tutining o'sishi va ko’p meva berishi uchun optimal sharoitlarni yaratadi. Ko’chirib o'tkazish paytidagi stressni kamaytiradi, ko'chatlarning maksimal yashab ketishini va ularning keyingi faol ko'payishini ta'minlaydi. QULUPUNAY UCHUN ZION ionitlik substrati o'simlikni oshish davrining istalgan bosqichida muvozanatli ozuqa moddalari bilan ta'minlash uchun ishlatilishi mumkin. ZIONning foydali ta'siri davrida o'simlik uchun qo'shimcha oziqlantirish talab qilinmaydi.
- Bog' qulupnayi va yer tutini urug'lantirish, shuningdek, ko'chatlarni ko'chirib o'tkazish va mo'ylovlarni ildiz qilish uchun mos keladi.
- Tabiiy mineral asosida tayyorlangan, ekologik xavfsiz.
- Ildiz tizimi bilan bevosita aloqa qilish uchun tavsiya etiladi. Miqdori oshirib yuborilsa ildizlar kuymaydi.
- Mineral o'g'it emas, tarkibida nitratlar, gormonlar, pestitsidlar, gerbitsidlar va o'sishni tezlashtiruvchi moddalar mavjud emas.
- Eng unumdor tuproqqa qaraganda 60 barobar ko'proq ozuqa moddalarini o'z ichiga oladi. 3 yilgacha mahsuldorlik muddati.
- Kuchli ildiz tizimining shakllanishini, o'simlikning qish davriga samarali tayyorlanishini va undan keyin to'liq rivojlanishini ta'minlaydi.
QO'LLASH USULI:
Urug'lardan qulupnay yetishtirishda: 1 litr tuproq uchun 1-2 osh qoshiq nisbatda ionitlik substratni tuproq bilan aralashtiring. Unga qulupnay urug'ini seping va ustiga suv quying.
Ochiq yerga yoki issiqxonada ko'chatlarni ko'chirib o'tkazishda: ko'chat butaning ildiz tizimini ZION substrati bilan changlating. To'g'ridan-to'g'ri ildiz ostidagi har bir o'simlik ostidagi quduqlarga 1-2 osh qoshiq substrat qo'shing. O'simlikni qazib oling, yerni poya atrofida togirlang va uni sug'oring.
Mo'ylovidan ildiz ottirganda: ildiz ostidagi qulupnay kurtaklarini (mo'ylovchalari) ekish uchun chuqur oldiga 1-2 osh qoshiq ZIONni tuproqqa seeping, o'simlik atrofidagi yerni togirlang va uni sug'oring.
Ochiq joyda yoki issiqxonada o'simliklarni o’stirish uchun: 5-7 sm chuqurlikka tushirib, butaning ekish chuquri atrofiga 1-2 osh qoshiq ZION qo'shing, o'simlik atrofidagi yerni togirlang va suv quying. O'sayotgan ko'chatlarni oziqlantirish maydan sentyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.
Qo'llaniladigan substrat miqdori bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q. Ko'proq substrat qo'shish faqat uning samaradorligini oshiradi va foydalanish muddatini uzaytiradi.
Yo'riqnoma | Qulupnay uchun |
---|---|
Hajmi uchun mo'ljallangan | 330 litr tuproq |
Netto og'riligi | 10 kg |
Code IKPU | 03105003001000000 |
---|---|
Package Code | 1462583 |
-
Ushbu mahsulot uchun sharhlar yoʻq.
-
No questions yet